03 noy 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA
IBF Joshuani nokaut qilgan Daniel Dyubuaning keyingi raqibi kim bo'lishini elon qildi
Xalqaro boks federaciyasi (IBF) og'ir vazn toifasidagi chempion Daniel Dyubuaga ixtiyoriy himoya jangini o'tkazishi uchun ruxsat berdi.
Sky Sports nashri xabariga ko'ra, Dyubua jamoasi IBF reytingida 12-o'rinni egallab turgan Fabio Uordliga qarshi jang o'tkazish imkoniyati bo'yicha tashkilotga so'rov yuborgan. SHundan so'ng, IBF Danielga ixtiyoriy himoya imkonini taqdim etdi.
29 yoshli Uordlining promouteri, xuddi Dyubuaniki kabi Frenk Uorren hisoblanadi.
Endilikda Dyubua 2025 yil 22 aprelga qadar ixtiyoriy himoya jangini o'tkazishi kerak bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Daniel Dyubua sentyabr oyida Entoni Joshua bilan jang qilib, nokaut orqali zafar quchgandi.
Havola :
Manba : IBF
Fikrlar