10 mar 08:01
Yangiliklar
Boks/MMA
"IBF kamarimni qaytarib olaman va mutlaq chempion bo'laman". Opetayya Zuffa Boxing kamari haqida gapirdi
Avstraliyalik bokschi, Zuffa Boxing promoushenining birinchi chempioni Jey Opetayya IBF qaroriga munosabat bildirdi.
Ushbu tashkilot Opetayyani IBF kamaridan mahrum qilgandi.
"Men kamarlar ortidan quvyapman. Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p gap-so'zlar bo'lganini bilaman, ammo umid qilamanki, barchasi hal bo'ladi va biz hali ham bu maqsadga erisha olamiz. Men buni hech qachon nazarimdan qochirmaganman.
Bir marta meni aldashgan. Endi esa yana tituldan mahrum qilishdi. Men IBF kamarimni qaytarib olaman va mutlaq chempion bo'laman", — dedi Opetayya jangdan keyin.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar