14 jan 13:46
Yangiliklar

IBF reytingi yangilandi. Barcha o'z o'rnida, Qudratillo esa...
Ushbu reytingdan o'zbekistonlik to'rt nafar bokschi o'rin olgan.
Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek WBA yo'nalishi chempioni ham hisoblanadi. Eslatib o'tamiz, u so'nggi jangida chililik Xose Velaskesdan o'z kamarlarini himoya qilgandi.
Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,5 kg) SHohjahon Ergashev to'rtinchi o'ringa joylashgan. SHuningdek, ushbu vaznda SHahram G'iyosov 11-pog'onani egallab turibdi. Bu vaznda chempionlik kamari hozirda Josh Teylorga tegishli bo'lib turibdi.
Yarimo'rta vazn (-66,6 kg) toifasida Qudratillo Abduqahhorov esa kanadalik Kodi Kroulidan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng kutilganidek pastga tushib ketdi. Ammo biroz tushunarsiz jihat shundaki, hamyurtimiz birdaniga 15-o'ringa tushgan. Ayni paytda IBF kamari Errol Spensga tegishli.
Poster muallifi - Muxtasar Umarova
Fikrlar