10 avg 19:01
Yangiliklar

IBF yangi reytingni elon qildi. O'zbek bokschilarining o'rni qanday?
Ushbu reytingdan o'zbekistonlik uch nafar bokschi o'rin olgan.
Elon qilingan reytingda o'zbekistonlik bokschilarning o'rni o'zgarishsiz qolgan.
Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek WBA yo'nalishi chempioni ham hisoblanadi.
Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,5 kg) SHohjahon Ergashev oltinchi o'rinda qolgan. Ushbu vaznda chempionlik kamari Josh Teylorga tegishli.
Yarimo'rta vazn (-66,6 kg) toifasida Qudratillo Abduqahhorov esa avvalgidek 1-pog'onadan joy olgan. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun asosiy davogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari Errol Spensga tegishli. Qudratillo Abduqahhorov 10 oktyabr kuni AQSHda rossiyalik Sergey Lipinecga qarshi vaqtinchalik IBF chempioni bo'lish uchun ringga ko'tariladi.
Fikrlar