21 avg 18:45
Yangiliklar
Sport kurashlari, Tokio-2020
Ibragimov chorak finalda yutqazdi, lekin hali bronza uchun umid bor
Ayni daqiqalarda Rio Olimpiadasining so'nggi kunidan o'rin olgan erkin kurash bahslari o'tkazilyapti.
Hamyurtimiz Magomed Ibragimov 97 kg vazn toifasida medallar uchun kurashni davom ettirayotgan edi. Afsuski, polvonimiz chorak final bahsida Olimpiya o'yinlarining ikki (2008 va 2012) karra bronza medali sovrindori ozarbayjonlik Xetag Gazyumovga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHunday bo'lsada, erkin kurashchimizda hali bronza medali uchun umid bor. Buning uchun Gazyumov final yo'llanmasini qo'lga kiritishi kerak bo'ladi. SHunda Ibragimov o'tish bahsida ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
SoccerlanD
Кенги этапда кучини курамиз бошланишида ракиб ёрдам берибди