27 dek 10:17
Yangiliklar
Boks/MMA

"Iflos kalamush". Sterling Yanga keskin "otvet" qildi
UFC chempioni Aljemeyn Sterling vaqtinchalik chempion Petr Yanning fikriga keskin javob qaytardi.
Rossiyalik yakkakurash ustasi keyingi jangida amerikalikni yo'q qilishga vada bergandi.
"Seni er bilan yakson qilishni sabrsizlik bilan kutyapman. Iflos kalamush", — deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Sterling.
Eslatib o'tamiz, Yan UFC 259 turniri doirasidagi jangda Sterlingga taqiqlangan zarba bergani uchun UFC kamaridan mahrum bo'lgan edi. Jang to'xtatilgan vaqtda Petr raundlar bo'yicha 2:1 hisobida oldinda borayotgandi.
Petr Yan oxirgi jangini Abu-Dabidagi UFC 267 turnirida amerikalik Kori Sendxagenga qarshi o'tkazib, raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan hamda vaqtinchalik UFC kamari sohibiga aylangan edi.
Havola :
Fikrlar