31 iyu 09:29
Yangiliklar
Iga Svyontek o'z yurtidagi turnir chempioni bo'ldi
Kutilganidek, musobaqa bosh sovrini mezbonlar vakilasi Iga Svyontekka nasib etdi. Dunyoning birinchi raketkasi bo'lgan Iga hal qiluvchi final uchrashuvida raqibasini sezmadi. Polshalik tennis malikasi WTA reytingining 153-pog'onasida borayotgan germaniyalik Laura Zigemundni mag'lubiyatga uchratdi - 6/0, 6/1.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi. Oltmish to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 1, Zigemund 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Breyklar 5 ga 0 ko'rinishda bo'ldi. O'z vatanidagi muvaffaqiyatli ishtirok Igaga 280 reyting ochkosi hamda 29,760 evro mukofot puli keltirdi.
Eslatib o'tamiz, Iga Svyontekning chempionlik yo'li ilk davrada hamyurtimiz Nigina Abduraimovani mag'lub etishdan boshlangandi.
Fikrlar