07 apr 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Igor SHevazuckiy jang payti Bahodir Jalolovdan qanchalik og'ir bo'lgani oydinlashdi
5 aprel kuni Astana shahrida prof boks oqshomi bo'lib o'tgandi.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik super og'ir vaznli bokschi Bahodir Jalolov ringga chiqib, ukrainalik Igor SHevazuckiyni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi.
Jang oldidan o'tkazilgan vazn o'lchash marosimida Bahodir Jalolov 114,10 kg tosh bosgandi. Uning raqibi SHevazuckiy esa jang kuni Astana shahriga etib kelgandi.
Telegram messenjeridagi Matveev_fighting kanali muallifining yozishicha, SHevazuckiy jang payti 135 kg vaznda bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, o'sha kuni 10 raundlik bellashuv to'liq davom etgandi. Bu Bahodirning prof faoliyatidagi ilk to'liq o'tkazgan jangi edi.
Havola :
Manba : t.me/matveev_fighting
Fikrlar