27 dek 13:04
Yangiliklar
IJF 2023 yilgi xalqaro dzyudo taqvimini tasdiqladi
Mavsumni 27-29 yanvar kunlari o'tkaziladigan Almada (Portugaliya) Gran-prisi boshlab beradi. Ular orasida 3-5 mart kunlari Toshkentda o'tadigan “Katta Dubulg'a” turniri hamda 7-14 may sanasida Doxa (Qatar) mezbonlik qiladigan Jahon chempionati ham bor.
O'zbekiston terma jamoasi dzyudochilari ushbu musobaqalardagi ishtiroki orqali Parij-2024 Olimpiadasi uchun muhim reyting ochkolarini jamg'arishga harakat qiladi.
IJF World Tour musobaqalarining 2023-yil taqvimi:
27-29 yanvar: Gran-pri, Almada (Portugaliya)
4-5 fevral: “Katta Dubulg'a”, Parij (Franciya)
16-18 fevral: “Katta Dubulg'a”, Tel-Aviv (Isroil)
3-5 mart: “Katta Dubulg'a”, Toshkent (O'zbekiston)
24-26 mart: “Katta Dubulg'a”, Tbilisi (Gruziya)
31-mart – 2 aprel: “Katta Dubulg'a”, Antaliya (Turkiya)
7-14 may: Jahon chempionati, Doxa (Qatar)
25-27 may: Gran-pri, Lins (Avstriya)
2-4 iyun: Gran-pri, Dushanbe (Tojikiston)
23-25 iyun: “Katta Dubulg'a”, Ulan-Bator (Mo'g'uliston)
4-6 avgust: Masters, Budapesht (Vengriya)
18-20 avgust: Gran-pri, Zagreb (Xorvatiya)
29-30 avgust: Parij-2024 sinov musobaqasi (Franciya)
22-24 sentyabr: “Katta Dubulg'a”, Boku (Ozarbayjon)
4-8 oktyabr: Yoshlar o'rtasida JCH, Koimbra (Portugaliya)
10-12 noyabr: “Katta Dubulg'a”, Abu-Dabi (BAA)
2-3 dekabr: “Katta Dubulg'a”, Tokio (Yaponiya)
Fikrlar