So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

25 iyu 21:30
Yangiliklar

Dzyudo

IJF dasturi doirasida 40 ta maktabga tatami va kimonolar etkazilmoqda

Teglar :  DzyudoIJF
Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF)ning “Maktablarda dzyudo” dasturi doirasida mamlakatimizning yigirmata umumtalim maktabiga tatami va kimonolar taqdim etilmoqda.

“Maktablarda dzyudo” IJF loyihasi bo'lib, dasturning asosiy maqsadi 5-12 yoshli bolalarni dzyudo orqali ijtimoiy, talimiy va jismoniy ko'nikmalarga o'rgatishdan iborat.

O'zbekiston Xalq talimi vazirligi, Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) hamda O'zbekiston dzyudo federaciyasi mamlakatimizning yigirmata umumtalim maktabida “Maktablarda dzyudo” dasturini amalga oshirishga kelishib oldi.

Hozirgi kunga qadar, “Maktablarda dzyudo” dasturi mamlakatimizning turli hududlarida joylashgan 20 ta maktabni qamrab olgan edi.

Joriy yilning 15 yanvarida Xalq talimi vaziri SHerzod SHermatov, IJF prezidenti Marius Vizer, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Komilov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev “Maktablarda dzyudo” dasturi bo'yicha hamkorlik bitimini imzoladi.

Mazkur bitimga asosan “Maktablarda dzyudo” dasturiga yana 20 ta maktabni jalb etish va ularning sonini 40 taga etkazishni ko'zda tutilgan.

Kelishuv doirasida IJF O'zbekistonga har bir maktab uchun bittadan tatami va bolalar uchun 50 ta kimono taqdim etdi. Yaqin kunlar ichida tatami va kimonolar dastur doirasidagi maktablarga etkazib beriladi. 

Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridagi ushbu maktablar qoshida tashkil etiladigan to'garaklarda jami 900 nafarga yaqin o'quvchilarning dzyudo bilan muntazam shug'ullanishi taminlanadi.

Mazkur loyiha Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev ilgari surgan besh tashabbusning ikkinchi qismini amalga oshirishda o'z hissasini qo'shadi.

Eslatib o'tamiz, besh tashabbusning ikkinchi yo'nalishi yoshlarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyon etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing