So’nggi yangiliklar

10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0 08:34Бугун Дана Уайт Дональд Трамп билан Оқ уйдаги лавозим ҳақида гаплашади 0 08:03UFC 335 турнири битта жангини йўқотди 0 07:32ММАчиларимиз IMMAF жаҳон чемпионатида 8 та медаль қўлга киритишди 0 07:01"Барселона" Ферминнинг дубли эвазига Мадридда "Атлетико"ни мағлуб этди 0 23:05Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатини Топ-3`да якунлашди 0 22:34"5 ҳафта!". Бивол Каллум Смитга қарши жанг олдидан бугунги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0 22:03Усман UFC’нинг ўта енгил вазндаги буюк жангчисини айтди. Бу Ян эмас! 0 21:32"Челси" аутсайдерга ютқазди, "Ливерпуль" меҳмонда ғалабага эришди ва бошқа натижалар 0 20:51Самбочиларимиз 16 та медаль билан 101 давлат орасида 3-ўринни эгаллашди 0 16:20Самбочиларимиз жаҳон чемпионатида яна 4 та медал қўлга киритди 0 15:49Жалгасбай Бердимуратов PFL Моscоw турнирида эронлик рақибига қарши жанг қилди 0

16 dek 07:11
Yangiliklar

Dzyudo

IJF Judo Awards 2025! Yilning eng yaxshilariga ovoz berish boshlandi. Ikki yo'nalishdagi davogarlar orasida biznikilar ham bor!

Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) 2025 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra bir nechta nominaciya bo'yicha eng yaxshilarni aniqlash uchun so'rovnoma boshlandi.

Etiborlisi, taqdim etilgan nominaciyalarning ikkitasida biznikilar ham davogarlar ro'yxatiga kiritilgan:

1. "Bolalar uchun yilning eng yaxshi loyihasi" (Judo for Children Project of the Year)

Diyora Keldiyorovaning dzyudo maktabi - ochilganiga hali unchalik ham ko'p bo'lmagan ushbu ixtisoslashtirilgan dzyudo zalida 300 nafarga yaqin bolalar shug'ullanmoqda


2. Yilning murabbiylik yutug'i (Coaching Achievement of the Year)

Aurelian-CHiprian Flis, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi. Bu mutaxassis qo'l ostida o'smirlar terma jamoamiz Bolgariyada o'tgan jahon chempionatida 5 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 71 davlat orasida 1-o'rinni egallagandi. O'smirlarimiz shu yil Indoneziyadagi Osiyo chempionatida ham jami 18 ta medal bilan birinchi bo'lishdi.  


Ovoz berish jarayoni:

Kechadan boshlangan ovoz berish jarayoni 15 yanvarga qadar davom etadi. Har bir ishtirokchi bitta ovoz berish imkoniga ega. Ovozlar berilganidan keyin uni o'zgartirib  bo'lmaydi. G'oliblar 2026 yilgi Parij Grand Slam doirasida o'tkaziladigan IJF Awards 2025 marosimida elon qilinadi. 

️Barchani Diyora Keldiyorova va Aurelian-CHiprian Flisga ovoz berish jarayonida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Ovoz berish uchun havola: https://judotv.com/awards

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing