So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

08 apr 11:00
Yangiliklar

Dzyudo

IJF prezidenti dunyo dzyudo ahliga murojaat qildi

Teglar :  DzyudoOlimpiada
Tobora butun dunyoda keng quloch yoyib borayotgan COVID-19 pandemiyasiga XXI asr vabosi sifatida qaralmoqda.

Koronavirus sabab hamma narsa to'xtadi - parvozlar, poezd qatnovlari, xalqaro yo'llar va albatta sport musobaqalari ham. Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer bunday sinovli kunlarda barcha azo mamlakat federaciyalariga murojaat qildi. 

Qadrli dzyudo oilasi!

Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi qaroriga ko'ra Tokio-2020 Olimpiadasi 2021 yilga ko'chirildi va tabiiyki bu holatda barcha sport turlaridagi kvalifikacion turnirlarda o'zgarishlar kuzatiladi. Jumladan, dzyudoda ham. Xalqaro olimpiya qo'mitasi tavsiyasiga ko'ra barcha kvalifikacion turnirlar 2021 yilning 29 iyunigacha o'tkazib bo'linishi shart. IJF taqvimida deyarli o'zgarishlar bo'lmaydi. SHu kungacha bo'lgan va Olimpiadaga reyting ochkolarini taqdim etuvchi turnirlar  saqlab qolinadi. Lekin bu narsa jahonda hukm surayotgan bugungi tahlikali davrning qancha muddatgacha cho'zilishi, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bergan tavsiyalarga ham bog'liq bo'ladi. Buni unutmasligimiz kerak. Musobaqalarni qabul qiluvchi hamma mamlakatlarda ham bir xil sharoit va holat bo'lmasligi mumkin. Buni ham etibordan chetda qoldirmaslik lozim. 

SHuningdek, 2021 yilgi Jahon chempionati ham ko'chiriladi. Qatardagi "Masters" musobaqasi olimpiya o'yinlariga kvalifikaciya vazifasini o'tab beradi. Lekin hali bu musobaqalarning sanalari haqida gapirish mushkul. Barcha turnirlar kamida 30 iyungacha to'xtatilgan. Ushbu sana koronavirus pandemiyasi voqealari rivojiga bog'liq bo'ladi. Biz shundan kelib chiqib yangi taqvimni elon qilamiz. 

Musobaqalar sanasini belgilashda dzyudochilarning tayyorgarligi, o'tkazayotgan to'laqonli mashg'ulotlari ham inobatga olinadi. CHunki, pandemiya sabab dzyudochilar to'laqonli mashg'ulot o'tkaza olmayaptilar. Dzyudochilar meyordagi sport formasiga ega bo'lishlarini taminlashimiz shart. 

Fursatdan foydalanib, barchaga tinchlik-xotirjamlik, shifokorlar va hukumat tomonidan berilayotgan barcha talablarga to'liq amal qilishingizni so'rayman. Faqat shu yil bilan biz virus tarqalishining oldini olgan bo'lamiz.

O'zingizni ehtiyot qiling va salomat bo'ling!

Hurmat bilan Marius L. Vizer


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing