So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

25 avg 17:36
Yangiliklar

Dzyudo

IJF referisi Vyacheslav Pereteyko hakamlar uchun onlayn seminar o'tkazdi

Bir necha daqiqa avval O'zbekiston dzyudo federaciyasi tashabbusi bilan hududlardagi hakamlar uchun amaliy onlayn seminar tashkil etildi.

Seminarni xalqaro toifadagi hakam, IJF referisi Vyacheslav Pereteyko o'tkazdi. Unga tatamida bevosita terma jamoa azosi Akram Bo'ronov yordam berdi. Seminarda hakamlardan tashqari murabbiylar ham tinglovchi sifatida ishtirok etishdi. 

Vyacheslav Dmitrievich hakamlik sohasidagi so'nggi o'zgarishlar, yangiliklar va qoidalar haqida o'z hamkasblariga malumotlarni amaliy tarzda taqdim etdi. Hududlardan ulangan hakam va murabbiylar Zoom platformasida o'tkazilgan onlayn seminarni diqqat bilan kuzatishdi. 

"Tik holatda kurashayotgan dzyudochini hakam 45 soniyagacha jazolamaydi, lekin sust harakat qilayotgan sportchini inobatga olib qo'yadi. Dzyudochi vaqtni o'tkazish uchun raqibinining oyog'iga tepsa, passiv harakat qilsa, tatamidan chiqib ketsa, darhol shido beradi. SHido olmaslik uchun parterda ko'proq harakat qilish kerak. Rang-baranglik bo'lishi lozim. Harakat qilmasangiz, kurashdan qochgan deb hisoblanib, jazolanasiz. Qandaydir 15 soniya ichida ikkita shido olish ham mumkin. Bu holat amaliyotda kuzatilgan", - dedi Pereteyko.

Pereteyko onlayn seminarda ishtirok etgan murabbiylar uchun ham zarur ko'rsatmalarni berdi: 

"Bellashuv chog'ida ming haq bo'lsangiz ham hakamga etiroz bildirmaslik kerak. Hakamlarning xatti-harakati va qarorini baholab boruvchi mutaxassis bor. Har bir tatamida bir nafardan supervayzer bahsni kuzatib boradi. Ularning har biri Olimpiada chempionlari, oddiy odamlar emas. Katta yo'lni bosib o'tgan dzyudochilar. Aynan ular hakamga baho va kerak bo'lsa, jazo ham beradi. Ikkita ogohlantirish olgan murabbiy bir kunga chetlatiladi. Vaziyat takrorlansa, tribunaga kuzatib qo'yiladi".

Seminar so'nggida murabbiy va hakamlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Hakamlar uchun navbatdagi onlayn seminar 28 avgust kuni xalqaro toifadagi hakam, IJF referisi Ramziddin Saidov ishtirokida o'tkaziladi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing