So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

01 apr 14:07
Yangiliklar

Dzyudo

IJF reytingi yangilandi. Keldiyorova peshqadamlikni boy berdi, Ahadov kuchli uchlikda, Bobonov ham yuqoriladi

Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) Antaliya "Katta Dubulg'a" turniri yakunlari bo'yicha o'z reytingini yangiladi.

-52 kg vazn toifasi peshqadami bo'lib kelgan hamyurtimiz Diyora Keldiyorova Antaliyadagi turnirda qatnashmagani bois, reytingda 2-o'ringa pastladi. Kosovolik Distriya Krasniki bu vaznda yangi karvonboshiga aylandi. Avvalgi reytingda Diyorada 7750 ochko bor edi. Yangilangan reytingda esa uning ochkolari 7634 taga tushdi. 

Antaliya "Katta Dubulg'a" turnirida terma jamoamizga yagona medal (bronza) taqdim etgan SHahram Ahadov qo'lga kiritilgan 500 reyting ochkosi evaziga 6-pog'onadan 3-o'ringa ko'tarilib oldi. Ushbu vazndagi Murodjon Yo'ldoshev 4-o'rindan 5-pog'onaga tushdi. Bronza medali uchun kechgan bahsda yutqazganiga qaramay, Davlat Bobonov (-90 kg) 7-pog'onadan 5-o'ringa ko'tarildi. 

Muzaffarbek To'raboev kuchli uchlikdagi o'rnini saqlab qoldi. Eng og'ir vaznli dzyudochimiz Alisher Yusupov bir pog'onaga pastlab, 5-o'rinni band etgan. SHu vazndagi SHohruhxon Baxtiyorov 6 pog'ona yuqorilab, 22-o'ringa joylashdi. Kecha u bronza medali uchun kechgan bahsda germaniyalik Erik Abramovga yutqazib qo'ygandi. 


O'zbek dzyudochilarining IJF reytingidagi o'rni:

-60 kg vazn toifasi

1 (1). Francisko Garrigos (Ispaniya, 5929 ochko) 

8 (8). Dilshodbek Baratov (3867)

21 (20). Doston Ro'ziev (2900)

43 (44). Kamoliddin Baxtiyorov (1165) 


-66 kg vazn toifasi 

1 (1). Denis Vieru (Moldova, 5842)

13 (11). Muhriddin Tilovov (3479)

18 (13). Sardor Nurillaev (3079)


-73 kg vazn toifasi

1 (1). Hidayat Heydarov (Ozarbayjon, 6811)

3 (6). SHahram Ahadov (4748)

5 (4). Murodjon Yo'ldoshev (4663)

14 (15). Obidxon Nomonov (3271)


-81 kg vazn toifasi 

1 (1). Mattias Kasse (Belgiya, 8477)

32 (26). SHarofiddin Boltaboev (1940)

44 (43). Muso Sobirov (1374)

46 (47). Nurbek Murtozoev (1263)


-90 kg vazn toifasi

1 (1). Luka Maysuradze (Gruziya, 6116)

5 (7). Davlat Bobonov (4694)

43 (42). Jahongir Mamatrahimov (1413)


-100 kg vazn toifasi

1 (1). Iliya Sulamanidze (Gruziya, 6545)

3 (3). Muzaffarbek To'raboev (5059)

44 (44). Otabek To'raboev (1228)

45 (45). Rustam SHorahmatov (1190)

72 (82). Ernazar Sarsenbaev (516)


+100 kg vazn toifasi

1 (1). Inal Tasoev (IJF, 6200)

5 (4). Alisher Yusupov (4630)

22 (28). SHohruhxon Baxtiyorov (2637)

64 (56). O'tkirbek To'raboev (627)


QIZLAR

-48 kg vazn toifasi

1 (1). Assunta Skutto (Italiya, 6946)

20 (22). Halimajon Qurbonova (2794)


-52 kg vazn toifasi

1 (2). Distriya Krasniki (Kosovo, 7665) 

2 (1). Diyora Keldiyorova (7634)

16 (16). Sita Kadambaeva (2754)

37 (36). Gulhayo Jo'raeva (1424)


-57 kg vazn toifasi

1 (1). Krista Deguchi (Kanada, 9310)

28 (27). SHukurjon Aminova (1972)

58 (53). Nilufar Ermaganbetova (781)


-63 kg vazn toifasi

1 (1). Katerin Pinar (Kanada, 6047)

55 (56). Sevinch Isoqova (708)


-70 kg vazn toifasi

1 (1). Barbara Matich (Xorvatiya, 7202)

17 (18). Gulnoza Matniyazova (2790)

28 (27). SHohista Nazarova (1927)


-78 kg vazn toifasi

1 (1). Inbar Lanir (Isroil, 7685)

30 (30). Irisxon Qurbonboeva (1645)


+78 kg vazn toifasi

1 (1). Roman Dikko (Franciya, 7295)

47 (47). Rinata Ilmatova (927)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing