19 sen 18:14
Yangiliklar
IJF vakillari Xalq talimi vaziri bilan uchrashishdi
Bugun Xalqaro dzyudo federaciyasi media departamenti direktori Nikolas Messner hamda "Maktablarda dzyudo dasturi" loyihasi rahbari Ester SHtam O'zbekiston xalq talimi vazirligida bo'lishdi.
Ularga O'zbekiston dzyudo federaciyasi bosh kotibi Doniyor Ilhamov hamda federaciya mutasaddilari hamrohlik qilishdi. Mehmonlarni O'zbekiston Xalq talimi vaziri SHerzod SHermatov qabul qildi.
Malumki, ayni paytda mamlakatimizning 20 ta o'rta talim maktabida dzyudo fan sifatida o'rgatilmoqda. O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan ushbu maktablarga tatami va boshqa zarur inventarlar etkazib berilgan.
Xalqaro dzyudo federaciyasi vakillari va SHerzod SHermatov kelajakda dzyudo fan sifatida o'rgatilayotgan maktablari sonini oshirish masalasini muhokama qilishdi va bu borada kelishib olishdi.
Fikrlar