19 apr 12:04
Yangiliklar
Ikki kurashchimiz kechki dasturda Olimpiada licenziyasi uchun kurashadi, qolganlar esa...
Bugun musobaqaning ilk kuni erkin kurash bo'yicha bellashuvlar tashkil etilmoqda. Biroz avval saralash bahslari yakunlanib, 1/2 finalda Olimpiada licenziyasi uchun gilamga chiqadigan kurashchilar nomi malum bo'ldi. Ular orasida ikki erkin kurashchimiz - Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov hamda olimpiya o'yinlari ishtirokchisi G'ulomjon Abdullaev (57 kg) ham bor.
Yarim finalda g'alaba qozongan kurashchilar Parij-2024 Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritadi. Ushbu bellashuvlar bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi. Afsuski, qolgan kurashchilarimiz Hasanboy Rahimov (125 kg), Umidjon Jalolov (-65 kg) va eng tajribali kurashchimiz Magomed Ibragimov (-97 kg) mag'lubiyatga uchrab, bu imkoniyatdan mahrum bo'lishdi.
Licenzion turnir. 1/2 final jufliklari
57 kg vazn toifasi
Bekzat Almaz uulu (Qirg'iz Respublikasi) - Munx-Erdene Batxuyag (Mo'g'uliston)
G'ulomjon ABDULLAEV (O'zbekiston) - Aman Aman (Hindiston)
74 kg vazn toifasi
Bekzod ABDURAHMONOV (O'zbekiston) - Orozobek Toktomambetov (Qirg'iz Respublikasi)
Nurkoja Kaypanov (Qozog'iston) - Yunes Emami (Eron)
Fikrlar