07 noy 08:46
Yangiliklar
Sport kurashlari
Ikki kurashchimiz "Moskva Gran-prisi – 2020" turnirida gilamga chiqadi
7-8 noyabr kunlari Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida erkin va yunon-rim kurashi bo'yicha "Moskva Gran-prisi – 2020" xalqaro turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqada to'qqiz davlat - Rossiya, Turkiya, Qirg'iziston, Ruminiya, Makedoniya, Argentina, O'zbekiston, Ozarbayjon va Bahrayndan sport kurashi ustalari ishtirok etadi.
Yurtimiz sharafini -86 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda erkin kurashchilarimiz Jabrail SHapiev va tajribali Rashid Qurbonov himoya qiladi. Rossiyalik ekspertlar bu vaznda mezbon kurashchi Magomed Ramazanov, qirg'izistonlik amaldagi Osiyo chempioni Arsalan Budajapov hamda terma jamoamiz azosi Rashid Qurbonovning chempionlik uchun imkoniyatlarini yuqori baholashgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar