So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

12 apr 13:09
Yangiliklar

Kurash

Ikki kurashchimiz Prezident sovrini uchun o'tkazilgan turnir chempioni, yana birida kumush!

Teglar :  Muhsin Hisomiddinov
Hozirgina Eron Islom Respublikasining Esferayen shahri mezbonlik qilgan milliy kurashimiz bo'yicha xalqaro musobaqa o'z yakuniga etdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan xalqaro turnirda dunyoning ko'plab davlatlaridan kelgan sara kurashchilar 2 ta (-90 va +90 kg) vazn toifasida gilamga chiqdi. Yurtimiz sharafini Rizamat Soliev murabbiyligidagi terma jamoamizning 4 nafar kurashchisi himoya qildi. 

Biroz avval 50 000 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oluvchi "Zeinal-Khan Traditional Wrestling Arena"da hal qiluvchi final bellashuvlari o'tkazilib, barcha g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Mutlaq vaznda o'tgan final bahsida terma jamoamizning ikki vakili Asror Hamidov va Muhsin Hisomiddinov ro'baro' keldi. Bu bellashuvda tajriba o'z so'zini aytdi. Muhsin polvon chempion, Asror polvon esa kumush medalni qo'lga kiritdi. Yana bir kurashchimiz Alixon Nodirov (-90 kg) ham chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. 

Malumot uchun, musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 10 000 AQSH dollari bo'lib, g'oliblar 3000 dollarga ega bo'ldi. Kumush medal sohiblari 1000, bronza medalga ega chiqqanlar o'z hamyonlarini 500 dollarga boyitib olishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing