26 mar 23:55
Yangiliklar
Ikki medal evaziga umumjamoa hisobida 80 davlat orasida ikkinchi o'rindamiz + JADVAL
Bugun erkaklar -60, -66, ayollar esa -48, -52 hamda -57 kg vazn toifalarida musobaqa medallari uchun tatamiga chiqishdi. Bugungi bellashuvlardan so'ng umumiy 80 davlatdan 14 tasi kamida bitta bronza medalini qo'lga kiritdi. Olti mamlakat hisobida kamida bittadan kumush, besh davlatda esa oltin medal bor. Yani, bugungi 5 ta vaznda turli mamlakat vakillari chempionlik shohsupasiga ko'tarilishdi.
Quvonarlisi, Tbilisida madhiyasi baralla yangragan davlatlar orasida O'zbekiston ham bor. -66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sardor Nurillaev oltin medal sohibiga aylandi. Uning ukasi Kemran esa kumush medal bilan taqdirlandi. Aynan shu ikki medal hisobiga O'zbekiston umumjamoa hisobida 2-o'rinni egallab turibdi. Birinchi o'rindagi Gruziya terma jamoasi bizga qaraganda bitta ko'p kumush medal jamg'argan. Bugun Italiya, Mo'g'uliston va Kosovo delegaciyalari ham bir nafardan chempionga ega bo'lishdi.
Fikrlar