27 iyu 12:50
Yangiliklar
Ikki Olimpiada licenziantimiz Kaspiyskdagi turnir g'olibi bo'lishdi + FOTO
Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan ushbu nufuzli musobaqada Tokio Olimpiadasiga licenziya olgan kurashchilarning aksariyati ishtirok etdi. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasining ikki azosi - Magomed Ibragimov va Javrail SHapiev ham gilamga chiqdi.
Xabaringiz bor, har ikki erkin kurashchimiz ham Tokio Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritishgan. Kaspiyskdagi musobaqa kurashchilarimizga Olimpiada oldidan tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi.
86 kg vazn tofasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilgan SHapiev finalda dog'istonlik Magomedsharif Biyakaevni mag'lub etib, oltin medal sohibiga aylandi. 97 kg vaznda kurashgan Ibragimovning finaldagi raqibi, mashhur kurashchi, to'rt karra jahon, to'rt karra Evropa chempioni, ikki karra Evropa o'yinlari g'olibi Abdulrashid Sadullaev jarohati sabab gilamga chiqmadi.
G'olib va sovrindorlar:
86 kg vazn toifasi
1. Jabrail SHapiev (O'zbekiston)
2. Magomedsharif Biyakaev (Dog'iston)
3. Vladislav Valiev (RSO-Alaniya)
3. Xabib Gadjiev (Dog'iston)
97 kg vazn toifasi
1. Magomed Ibragimov (O'zbekiston)
2. Abdulrashid Sadulaev (Dog'iston)
3. Xox Xugaev (RSO-Alaniya)
3. Mojtaba Goleĭj (Eron)
Fikrlar