22 iyu 08:00
Yangiliklar
Dzyudo
Ikki soatdan so'ng Olimpiadaning dzyudo bahslariga qura tashlanadi
Ertaga Olimpiya o'yinlari tarixidagi eng uzoq kutilgan Tokio-2020 Olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
Bugun esa 32-Yozgi olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan dzyudo musobaqasiga qura tashlanadi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 10:00da boshlanadi. Tokio Olimpiadasida 10 nafar (7 erkak, 3 ayol) dzyudochimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Terma jamoamiz tarkibi:
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-63 kg: Farangiz Hojieva
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-60 kg: SHarofiddin Lutfullaev
-66 kg: Sardor Nurillaev
-73 kg: Hikmatulloh To'raev
-81 kg: SHarofiddin Boltaboev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Hurramov
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar