12 avg 17:42
Yangiliklar

Ikki vaznda UFC reytingi yangilandi: Ernandes "plyus"da, Dolidze Top-10`dan chiqib ketdi
Yakshanba tongida Las-Vegasda o'tgan UFC on ESPN 72 turnirining asosiy jangida Roman Dolidzeni mag'lubiyatga uchratgan Entoni Ernandes reytingdagi holatini sezilarli tarzda yaxshilab oldi. U 10-pog'onadan 7-o'ringa ko'tarildi va bu bilan UFC kamari uchun davogarlar qatoriga qo'shildi.
Aksincha, to'rtinchi raundda bo'g'ish usuliga tushib qolib yutqazgan Roman Dolidze 9-o'rindan 11-pog'onaga tushib ketdi. Robert Uittaker va Jared Kannonir ham reytingda bir pog'onadan pastladi. Brendan Allen esa aksincha, bir pog'onaga yuqorilab, Top-10`talikni yakunlab berdi. SHu hafta Xamzat CHimaevdan kamarini himoya qiladigan Drikus Du Plessi vazn chempioni bo'lib turibdi.
Ayollar birinchi engil vazn toifasi reytingida ham o'zgarishlar kuzatildi. Las-Vegasdagi turnir doirasida g'alabaga erishgan Yasmin Lusindo 8-pog'onadan 7-o'ringa ko'tarildi. Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi hakamlarning yakdil qarori bilan tajribali Anjela Xillni mag'lubiyatga uchratgandi. Garchi yutqazgan bo'lsa-da, Xill 12-o'rinni saqlab qoldi. Yasminning hamyurti Tabata Richchi esa bir pog'onaga pastladi. Xitoylik Jang Vey Li ushbu vazn chempioni bo'lib turibdi.
Fikrlar