13 sen 11:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Ikki yo'nalish chempioni Artur Beterbievning jangi yana qoldirildi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Artur Beterbievning jangi yana nomalum muddatga qoldirildi.
Bunga Kanadada istiqomat qilayotgan rossiyalik jahon chempionining mashg'ulot chog'ida orttirib olgan jarohati sabab bo'ldi. Beterbiev qovurg'asini shikastlab olgan.
Eslatib o'tamiz, Artur 23 oktyabr kuni Moskva shahrida germaniyalik Adam Daynesga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi. Top Rank promouterlik kompaniyasi Beterbiev - Daynes jangi yil so'nggiga qadar o'tkazilishiga umid qilmoqda.
Havola :
Fikrlar