So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

28 fev 10:24
Yangiliklar

Sport kurashlari

Ikki yunon-rum kurashchimizda bronza, bugun yana medallar kutyapmiz

Bugun Ukraina poytaxti Kiev shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha ananaviy xalqaro xotira turnir yakunlanadi.

O'z tarixida 24-marotaba tashkil etilayotgan musobaqaning ikkinchi kungi bahslarida ikki yunon-rum kurashchimiz bronza medalini qo'lga kiritdi. -55 kg vazn toifasidagi kurashchimiz Ilhom Bahromov bronza medali uchun kechgan bellashuvda ukrainalik Vyacheslav Bayraktarni 8:0 hisobida dog'da qoldirdi. Yunon-rum kurashchilarimizga ikkinchi bronza medalini Tokio Olimpiadasi licenzianti Jalgasbay Berdimuratov taqdim etdi. U belaruslik Yaroslav Kursdan 8:0 hisobida ustun keldi. 

Bugun o'tkaziladigan uchinchi kungi final bosqich bahslarida yana bir necha yunon-rum kurashchimiz musobaqaning bronza medali uchun gilamga chiqadi. Yarim finalda eronlik raqibi Ali Rizo Nejatiga 6:9 hisobida yutqazib qo'ygan Islom Bahromov bugun bronza medali uchun bahsga kirishadi. Uning raqibi o'tish bellashuvidagi Ukraina va Armaniston kurashchilari bahsidan so'ng malum bo'ladi.

-67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan uch kurashchimizda musobaqaning bronza medallarini qo'lga kiritish imkoniyati yuzaga kelgan. Aram Vardanyan va Mahmud Baxshulloev bronza medali uchun kechadigan bellashuvdagi raqiblarini kutishyapti. Aramning raqibi aynan Mirzobek Rahmatov bo'lishi mumkin. Buning uchun u o'tish baxsida ukrainalik Miroshnikni mag'lub etishi lozim.  

130 kg vazndagi polvonimiz, Osiyo o'yinlari g'olibi Mo'minjon Abdullaev ham bugun bronza medali uchun gilamga chiqadi. Uning raqibi Bolgariya yoki gruziyalik kurashchi bo'ladi. Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritib ulgurgan Rustam Assakalov bronza medali yo'lidagi o'tish bahsida ishtirok etadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing