So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

10 okt 16:40
Yangiliklar

Sport kurashlari

Ilhom Bahromov: Aka-uka amakim sabab yunon-rim kurashini tanlaganmiz

Yurtimizda karantin qoidalarining yumshatilishi bilan sport zallari yana shug'ullanuvchilar bilan gavjumlashdi.

Jumladan, sport kurashlari vakillari ham sport zallariga qaytishdi. Erkin, yunon-rim va ayollar kurashi bo'yicha terma jamoalarimiz poytaxtda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishayapti. Biz yunon-rim kurashi bo'yicha terma jamoamiz azosi, Nankin o'smirlar Olimpiadasi chempioni, yoshlar o'rtasida jahon chempionatining kumush va bronza medallari sovridori Ilhom Bahromovdan intervyu oldik.

- Uzoq davom etgan karantindan keyin yana umumiy mashg'ulotlarga qaytdik, - deya so'z boshladi klassik kurashchimiz. - Hozircha xalqaro musobaqalar haqida gap yo'q. Asosiy etibor O'zbekiston chempionatiga qaratilgan. 

- Ilhom, aksariyat bolalar futbolni tanlashadi. Sizda sport kurashlariga mehr qachon va qanday paydo bo'lgan? Nima uchun aynan yunon-rim kurashi?

- Dadamning ukalari Isroil amakim sabab yunon-rim kurashiga qiziqib qoldim va shug'ullana boshladim. Amakim yoshliklarida o'zlari ham yunon-rim kurashi bilan shug'ullanganlar, lekin keyinchalik sharoit bo'lmagani uchun tashlab ketishlariga to'g'ri kelgan. O'z orzulari ro'yobini menda ko'rish istagidan bo'lsa kerak, kurash zaliga o'zlari etaklab olib kelganlar. Qo'shimcha o'rgansin leb yunon-rim kurashi bellashuvlari yozilgan disklarni qo'yib berardilar. SHuningdek, tumanimizda yunon-rim kurashi ancha rivojlangan edi. Tumandoshlarimiz orasidan ko'plab chempionlar etishib chiqqandi.  

- Nima uchun erkin kurashni tanlamagansiz? Akangiz Islom ham aynan yunon-rim kurashida. Ikkingizdan biringizda erkin kurashni tanlash imkoniyati bo'lmaganmi?

- Yo'q, bo'lmagan. Ishonmasligingiz mumkin, biz yashaydigan manzilda boshqa sport turi bo'lmagan. Bo'lganida balki borardik. Aka-uka chempionlarimizga havas qilib, ularga o'xshash istagida yunon-rim kurashiga borganmiz. Hozir esa barcha sport turlari bilan shug'ullanish imkoniyati mavjud.     

- Kimlar edi siz havas qilgan chempionlar?

- Zafar Ochilov, Navro'z Usmonov...

- Murabbiylaringiz O'rol Ziyoev va Hakim Nakimov haqida nima deya olasiz? Urishganlarida ranjigan paytlaringiz bo'lganmi?

- Birinchi murabbiyimi O'rol aka Ziyoev bo'lganlar. Aynan O'rol aka meni Samarqand kollejiga Hakim akaning qo'llariga topshirganlar. Albatta, koyishgan paytlari bo'lgan. Lekin bundan umuman xafa bo'lmagan. Yaxshi bo'lsin deb urishishgan, tanbeh berishgan. Ayb o'zimda bo'lgan.   

- Murabbiylaringizdan qaysi xislatlarni o'zlashtira oldingiz?

- Birinchi navbatda boshlangan ishni oxirigacha etkazib qo'yishni, yarim yo'lda tashlab ketmaslikni o'rgandim. Keyin sportda sezgirlik degan tushuncha bor, bu muhim bellashuvlarda as qotadi. Murabbiylarimdan shu xislatlarni olishga harakat qilganman. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing