So’nggi yangiliklar

20:38Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон асосий жамоаларида ғалабалар, учинчи терма жамоа Германияга ютқазди (барча натижалар) 0 19:02Арман Царукян нима учун UFC чемпионлик камари учун барча пулидан воз кечишга тайёрлигини тушунтирди 0 18:32Рафинья Ямални "Олтин тўп"га лойиқ деб ҳисоблайди 0 17:45Фёдор Емельяненко UFC собиқ чемпиони билан жанг қилмоқчи 0 17:16Mangu 5: Бу сафар Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида кичик турнир бўлади 0 16:30Арман Царукян UFCдан допинг-тест учун махсус куртка олди 0 15:51Месси учун 500 млн: ақл бовар қилмас трансфер тафсилотлари ошкор бўлди 0 14:46Расман: Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Осиё ўйинларида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди 0 14:32Триатлончиларимизнинг Аичи-Нагоя-2026 Осиё ўйинлари учун таркиби маълум. Француз спортчимиз ҳам Японияга боради 0 13:45Осиё ўйинлари. Ўзбекистон аёллар МТЖ Хитой билан дуранг ўйнади 0 13:14Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. Бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 12:53Бобур Абдулазизов илк бор Тошкентда ўтказиладиган IBA Nomad турнирида жанг қилади. Рақиб эски таниш (ПОСТЕР) 0 12:05Ҳиндистон шахмат терма жамоаси Самарқандда ташкилий муаммога дуч келди 0 11:22Ўзбекистон Кубоги чорак финалига қуръа ташланди 0 09:45Оксана Чусовитина ҳам Осиё ўйинларига боради! 0

09 noy 09:37
Yangiliklar

Dzyudo

"Iliadisning O'zbekistonda ishlayotgani katta voqeylik"

Teglar :  GruziyaO'zbekiston
SHu kunlarda poytaxtimizda besh davlat dzyudo terma jamoalari ishtirokida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazilmoqda.

Qatnashchilar orasida Gruziya terma jamoasini alohida etirof etish kerak. Toshkentga kelgan 5 dzyudochidan 4 nafari Olimpiada reytingida yo'llanmalar pog'onasida borishayapti. Biz terma jamoa murabbiylaridan biri, jahon chempioni Guram Tushishvilining shaxsiy ustozi Djekuri Batodan intervyu oldik. +100 kg vazn toifasi vakili hisoblangan Guram reytingda 5125 ochko bilan 4-pog'onadan joy olgan.  

- Avvalambor, iliq qabul va biz uchun taqdim etilgan sharoitlar uchun rahmat aytmoqchiman, - deya so'z boshladi Bato. - Pandemik vaziyat bo'lishiga qaramay, O'zbekiston dzyudo federaciyasi xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inini tashkil eta oldi. Bu federaciyaning birinchi galdagi yutug'i. Biz shug'ullanayotgan mashg'ulot zali barchada yaxshi taassurot qoldirmoqda. Kim bilan gaplashmay, faqat ijobiy fikr eshitayapman. Men bu so'zlarni bu erda mehmon bo'lib turganim uchun aytmayapman. Dunyoning ko'p davlatlarida bo'lganman. Lekin bunday shinam va chiroyli dzyudo zallari juda kam. Bu imkoniyatdan dzyudochilar maksimal darajada foydalanishlari lozim. 

- Toshkentga kelgan har bir terma jamoaning o'z rejalari bor. Gruziya terma jamoasi Toshkent yig'ini orqali qaysi musobaqaga tayyorgarlik ko'rmoqda?  

- Biz CHexiya poytaxti Praga shahrida o'tkaziladigan kattalar o'rtasidagi Evropa chempionatiga tayyorgarlik ko'rayapmiz. Toshkent yig'ini qita chempionatiga so'nggi tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi. Reja bo'yicha 16 noyabr kuni terma jamoamiz bilan Toshkentdan to'g'ri Pragaga yo'l olamiz. Bu erda kuchli sparring raqiblar bor. SHu sababdan ham xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'iniga taklif etishganida darhol rozilik bergandik. Evropa chempionatidagi ishtirokimiz bilan bu yilgi mavsumni yakunlaymiz. 2021 yilning yanvarida esa Qatardagi musobaqada ishtirok etamiz. 

- Terma jamoamiz bosh murabbiyi bo'lgan Ilias Iliadis haqila fikringiz qanday? 

- U afsona! Iliasning O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlayotgani bu dzyudo olamidagi katta voqeylik. Bu murabbiyni o'z mamlakatiga taklif etganlar juda ko'p edi. Men kuzatib borayapman, dzyudochilaringizning mahorati ancha oshgan. Fikrimni yil boshidagi natijalar ham tasdiqlaydi. Men uning faoliyati va terma jamoangizning keyingi xalqaro ishtirokiga omad tilayman. 

- Siz Guram Tushishvilining shaxsiy murabbiyi hisoblanasiz. Uning bugungi holati va Tokio Olimpiadasidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Boshqa dzyudochilar singari Guramga ham uzoq vaqt davom etgan karantin o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Buni tabiiy jarayon sifatida qabul qilish kerak. Reja bo'yicha tayyorgarlikni davom ettirayapmiz. Uning oliy orzusi Olimpiada chempioni bo'lish. Guramda jahon chempionatining oltin medali bor. Dzyudo vatanida oliy orzusini amalga oshirish uchun tinmay ishlayapmiz.      

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing