15 dek 11:03
Yangiliklar
Iliya Topuriya: "Getji bilan jang UFC rejasida yo'q"
Amaldagi chempion Iliya Topuriyaning aytishicha, UFC promousheni rahbarlari uning Jastin Getji bilan jang o'tkazishini istamayapti. Vaqtinchalik UFC chempionlik kamari uchun kechadigan jangda amerikalik Peddi Pimblett aynan Jastin Getjiga qarshi oktagonga chiqadi.
Bu haqda amaldagi chempion ESPN Deportes nashriga bergan intervyusida malum qildi.
"Haqiqat shuki, men hamisha Xudoning irodasiga suyanaman. Uning irodasi bilan men bilan nima sodir bo'lsa, bo'laversin. Agar Peddi g'alaba qozonsa, yaxshi bo'ladi. Agar Jastin g'alaba qozonsa, UFC’ning boshqa rejalari bor, ular haqida hozir gapira olmayman" - dedi "El Matador".
Avvalroq ispaniyalik-gruziyalik jangchi shaxsiy muammolarini hal qilish uchun bir necha oy tanaffus olishini malum qilgandi. SHundan so'ng 24 yanvar kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 324 turnir uchun britaniyalik va amerikalik o'rtasida vaqtinchalik kamar uchun jang rasman elon qilingan edi.
Katta ehtimol bilan, Getji Pimblett ustidan g'alaba qozongan taqdirda Topuriya engil vazn toifasida kamarni bo'shatadi va yarim o'rta vazn chempioni Islam Maxachevga qarshi kurashish uchun chempionlik imkoniyatini qo'lga kiritadi.

Fikrlar