24 apr 14:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Iliya Topuriya Konor Makgregor va Maks Xollouey ehtimoliy jangi haqida fikr bildirdi
UFC chempioni Iliya Topuriya Konor Makgregor va Maks Xollouey o'rtasida bo'lishi mumkin bo'lgan jangda favoritni oldindan ayta olmasligi haqida gapirdi.
Ushbu jang, mish-mishlarga ko'ra, 11 iyul kuni Las-Vegasda o'tkazilishi mumkin.
"Bu erda taxmin qilish qiyin. Men Maks CHarlzni yutar deb o'ylagandim, lekin u bir tomonlama jang qilib mag'lub bo'ldi. SHuning uchun bilmayman. Konor bilan ham hech qachon nima bo'lishini oldindan aytib bo'lmaydi. Neyt Diazga yutqazganingdan keyin bunday jangchi haqida taxminlar berish juda qiyin", — dedi Topuriya.
Havola :
Manba : The Ariel Helwani Show
Fikrlar