15 iyu 18:05
Yangiliklar
Iliya Topuriya: "Maxachev bilan uchinchi kamar uchun jang qilgan bo'lardim"
Malumot uchun, mazkur intervyu Topuriyaning UFC turnirida Jastin Getjiga mag'lub bo'lishidan oldin olingan bo'lib, kecha elon qilindi.
"Men Maxachev bilan uchinchi kamar uchun jang qilgan bo'lardim. Agar Islam yarim o'rta vaznda chempion bo'lib tursa va UFC menga qo'ng'iroq qilsa, bu imkoniyatdan foydalanaman. Agar bunday bo'lmasa, o'z vaznimda qolaman.
G'alaba qozonishimga 100 foiz ishonaman. Men bolaligimdan kurash bilan shug'ullanganman, gilam ustida ulg'ayganman. Maxachevni parterga o'tkazish, nazorat qilish, keyin esa tik turgan holatda u bilan almashish men uchun muammo emas. Uni qanday mag'lub etishni bilaman, boshimda aniq strategiya bor. Uning deyarli barcha janglarini ko'rganman va zaif tomonlarini bilaman. Balki u meni avvalgi raqiblari bilan adashtirayotgandir, ammo men Den Xuker yoki boshqa yigitlar kabi emasman", — dedi Topuriya.
Fikrlar