18 jan 16:48
Yangiliklar
Iliya Topuriya tilga kirdi, u jang vaqti va raqibni aytdi
"El Matador"ning aytishicha, u uch oydan so'ng oktagonga qaytib, amerikalik Jastin Getji va britaniyalik Peddi Pimblett o'rtasida aniqlanadigan vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi bilan birlashtiruvchi jang o'tkazadi.
"Aprel-iyun. Peddi va Jastin o'rtasidagi jang g'olibi", - deb yozdi ispaniyalik ijtimoiy tarmoqda muxlislarning savollariga javob berar ekan.
Topuriyaning bayonoti Merab Dvalishvilining insaydlariga unchalik mos kelmaydi, u kuni kecha do'stining Islam Maxachev bilan jangi hamma kutganidan ham oldinroq bo'lib o'tishi mumkinligini aytgandi.
Ayni paytda chempion sobiq rafiqasi bilan munosabatlarini sudda aniqlash uchun "tatil"ga chiqqan. Getji va Pimblett o'rtasidagi jang esa keyingi hafta oxirida Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadigan UFC 324 turnirining asosiy to'qnashuvi bo'ladi.

Fikrlar