18 fev 15:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Iliya Topuriya: "UFC'ni Ispaniyaga olib kelish vaqti keldi"
Asli gruziyalik, hozirda Ispaniya nomidan jang qiluvchi UFC'ning yangi chempioni Iliya Topuriya Aleks Volkanovski bilan jangdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men shu darajada baxtiyormanki, shunaqa baxtiryomanki... Ular senga buni qila olmasligingni aytishadi, ammo buni hal qiladigan yagona odam bu - o'zingsan, o'zingga ishon.
Men o'z tajribamni bilaman, buning yo'lida ko'p mehnat qildim. Bir kun kelib, UFC chempioni bo'lishimni bilar edim. UFC'ni Ispaniyaga olib kelish vaqti keldi. Konor, agar jasorating bo'lsa, seni Ispaniyada kutaman", dedi Topuriya.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar