26 fev 15:46
Yangiliklar

Iliya Topuriya Xabib Nurmagomedovni mag'lub eta olishini aytdi
Yarim engil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya nafaqat Islam Maxachevni, balki uning do'sti va sparring-hamkori Xabib Nurmagomedovni ham mag'lubiyatga uchrata olar ekan.
"Men Xabib Nurmagomedovga qarshi oktagonga chiqishdan xursand bo'lardim. Bu mening orzuimdagi jang! Xabibning 29-0, ajoyib rekordi bor. Ha, bu tarix. Men uchun u munosib va faxriy chempion. Lekin men uni mag'lub eta olardim. Bunga 100 foiz ishonaman", - deya Topuriyaning so'zlarini keltiradi Sportskeeda.
Avvalroq, kelib chiqishi gruziyalik, hozirda Ispaniya sharafini himoya qilayotgan Iliya keyingi raqiblari sifatida Konor Makgregor, Maks Xollouey yoki SHon O’Mellini ko'rmoqchi ekanini aytgandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar