So’nggi yangiliklar

18:56Диёра Келдиёрова Словенияда машғулотларга киришди + ФОТО 0 18:28ОФК хулосаси: Ўзбекистон ЖЧда қандай ўйнади? 0 18:01Тарихий ютуқ: Жаҳон чемпионатида икки нафар ўзбекистонлик чавандоз иштирок этади 0 17:24Лайма Владсон Лейпцигдаги турнирнинг асосий тўрига йўл олди 0 16:50UFC рейтинги янгиланди. Нурсултон Рўзибоев ва Богдан Гусковнинг ўринларида ўзгариш рўй берди 0 16:19Винисиус “Арсенал” билан боғлиқ миш-мишлар фонида “Реал” қароргоҳига етиб келди 0 15:53Тошкент IBSA World Games 2027 комплекс мусобақасига мезбонлик қилади 0 15:22Рамазон Темиров қатнашиши кутилаётган турнирнинг асосий баҳси Забит иштирокида кечади + ПОСТЕР 0 14:57"Худди уни кимдир назорат қилаётгандек". Махачев Иан Гаррини танқид қилди 0 14:31100 миллион камми? “Ливерпуль” Франция терма жамоаси аъзоси учун курашмоқда 0 14:06Ислам Махачев бокс қоидалари бўйича жанг ўтказиш таклифига жавоб қайтарди 0 13:24Жошуа — Фьюри жанги Буюк Британияда эмас, бошқа жойда ўтказилиши мумкин 0 12:45"Кимдир ёлғон хабар тарқатибди" - Ислам Махачев 0 12:00"Декабргача ҳали вақт бор". Неймар фаолиятини якунлаши ҳақида фикр билдирди 0 11:29Рой Жонснинг шогирди Бектемир Мелиқўзиевни яна жангга чорлади 0

05 mar 18:57
Yangiliklar

Sport kurashlari

Ilyas Bekbulatov: -65 kg vazndagi yoqimli ananani davom ettirmoqchiman!

Bugungi kunda eng ko'p tilga olinayotgan koronavirus balosi sportga ham o'zining salbiy tasirini o'tkazmay qolmayapti.

Buning natijasida qator sport turlari bo'yicha katta-kichik nufuzdagi musobaqalar bekor qilinmoqda. Bundan sport kurashlari ham chetda qolgani yo'q. 27-29 mart kunlari Qirg'izistonning Bishkek shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan Tokio-2020 Olimpiadasining Osiyo qitasi uchun licenzion musobaqasi bekor bo'ldi. Qirg'iziston hukumati koronavirus xavfi tufayli musobaqa mezbonligidan voz kechdi. Aslida bu turnir koronavirusning o'chog'i bo'lgan Xitoyda o'tkazilishi kerak edi. 

Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli tarzda qatnashgan sport kurashchilarimiz aynan Bishkekka ko'chirilgan licenzion turnirga tayyorgarlik ko'rishayotgandi. Hozircha musobaqaning yangi manzili hamda uning qachon o'tkazilishi haqida hech qanday malumot yo'q. 

Biz Hindistondan Osiyo chempionatining oltin medali bilan qaytgan Ilyas Bekbulatovdan musobaqa taassurotlari hamda Olimpiada yo'lidagi rejalar xususida intervyu oldik.   

- Albatta, o'zim uchun birinchi eng katta musobaqada qatnashib, Osiyo chempioni bo'lish menga katta sharaf, - deya so'z boshladi -70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan I.Bekbulatov. - O'zbekiston bayrog'ini Hindiston zaminida baland ko'targanimdan xursandman. Hal qiluvchi final bahsida eronlik Amirhusayn Ali Husaynidan ustun keldim. Finalgacha Qirg'iziston va Mo'g'uliston terma jamoalari azolarini mag'lubiyatga uchratgandim. 

- Hozir siz sanab o'tgan raqiblar bilan avval ham musobaqalarda to'qnash kelganmidingiz?

- Yo'q. Uchchala kurashchi bilan ham ilk bor gilamda uchrashdim. Buning asosiy sababi - men -65 kg vaznda kurashaman. -70 kg vazn toifasida esa ilk bor ishtirok etib ko'rdim. Lekin Eron, Qirg'iziston va Mo'g'ulistonning boshqa kurashchilari bilan avvallari musobaqalarda to'qnash kelganman.  

- Siz Osiyo chempioni bo'lgan -70 kg vazn toifasi Olimpiada vazni hisoblanmaydi. Siz Tokio-2020 Olimpiadasi licenziyasi uchun -65 kg vaznda kurashasiz. Bu vaznda hamyurtimiz Ixtiyor Navro'zov to'rt yil oldin Rioda Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori bo'lgandi. Aytingchi, vazn almashtirish sizga qiyinchilik tug'dirmaydimi?

- Ayni paytdagi vaznim 70 kg va musobaqagacha ortiqcha 5 kilogrammdan xalos bo'lish menga qiyinchilik tug'dirmaydi. Nasib qilsa, -65 kg vazndagi yoqimli ananani davom ettiraman. Buning uchun birinchi galda Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritib olishim kerak. Bu vazifani uddalay olishimga ishonaman. 

- Gilamda principial raqibingiz bormi?

- Principial raqibim yo'q. Har bir uchrashuvga xuddi final bellashuviga chiqayotgandek tayyorgarlik ko'raman. Raqiblarimni esa hurmat qilaman. Raqibga to'liq baho bermaslik yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. 

- Do'stlarigiz Ilyasning sevimli taomi osh deyishdi. Ular to'g'ri aytishibdimi?

- Ha, adashishmabdi. Musobaqa va yig'inlardan so'ng albatta osh markaziga boraman. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing