07 iyu 09:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Iman Xelif Eyndxovendagi turnirda qatnashadimi?
Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Iman Xelif kecha Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida start olgan turnirda ishtirok etishi kerak edi.
Eindhoven Box Cup turniri tashkilotchilari jazoirlik bokschining jinsni aniqlovchi gender testi sabab musobaqada ishtirok etmasligini malum qilishdi. Bir muddat avval World Boxing tashkiloti sportchilarni bu testdan o'tishini majburiy qilib qo'ygan edi.
Eindhoven Box Cup turniri rasmiy vakili Dirk Render AFP agentligiga bergan xabarida 26 yoshli Xelifning musobaqada qatnashmasligini tasdiqladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar