13 fev 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Iman Xelif IBA'ni sudga bermoqchi
Boks bo'yicha Parij-2024 Olimpiadasi g'olibi, jazoirlik Iman Xelif rossiyalik Umar Kremlyov boshchiligidagi Xalqaro boks associaciyasini (IBA) sudga bermoqchi ekanligini malum qildi.
"Men bilan aloqasi yo'q bo'lgan va Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tomonidan tan olinmagan Xalqaro boks associaciyasi o'z manfaatlarini ko'zlab, yana yolg'on va tajovuzkor ayblovlarni ilgari surdi. Gap faqat menda emas, sportdagi adolatda.
Mening jamoam vaziyatni sinchiklab o'rganib, huquqlarim va halol raqobat tamoyillarini himoya qilish uchun barcha zarur qonuniy choralarni ko'rmoqda. Aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerak. Biz adolat qaror topishi uchun mumkin bo'lgan barcha qonuniy vositalardan foydalanamiz", deb yozdi Xelif ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar