10 avg 10:47
Yangiliklar
Infantinoning jazmani UEFAdan ketganidan so'ng qancha tovon puli olgani malum
Janni Infantinoning taxmin qilinayotgan jazmani 2011 yilda tashkilotni tark etganidan so'ng UEFAdan tovon puli sifatida 150 000 funtdan (175 000 evro) ortiq mablag' olgan, deb xabar beradi "The Telegraph".
Ushbu summaga, xususan, biznes-maktabdagi MBA dasturi bo'yicha o'qish xarajatlari ham kiritilgan. Bundan tashqari, Infantino bilan munosabatda bo'lgan davrida ayol mamuriy lavozimdan rahbarlik lavozimiga o'tkazilgach, UEFAdagi ish faoliyati davomida uning maoshi taxminan 25 000 funtga (29 000 evro) oshgan.
Avvalroq, Djanni tashkilot bosh kotibi lavozimini egallab turgan vaqtda UEFA hozirda FIFA prezidenti bo'lgan Infantinoning jazmaniga ortiqcha olti xonali tovon puli to'lagani haqida xabar berilgan edi. SHu sababli UEFA Infantinoning tashkilotdagi butun 16 yillik faoliyati bo'yicha tekshiruv boshlash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Fikrlar