05 avg 13:00
Yangiliklar
Infantinoning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan besh asosiy nomzod aytildi. Ular orasida ikki osiyolik ham bor!
Davogarlar qatoridan quyidagilar o'rin oldi:
Nasser Al-Xelaifi, PSJ prezidenti, Evropa futbol klublari kengashi (EFC) raisi;
Viktor Montalyani, FIFA vice-prezidenti, SHimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari futbol konfederaciyasi (KONKAKAF) prezidenti;
Aleksander CHeferin, UEFA prezidenti;
SHeyx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa, Osiyo futbol konfederaciyasi (AFK) prezidenti;
Patris Mocepe, Afrika futbol konfederaciyasi (CAF) prezidenti.
Takidlanishicha, Montalyani eng mantiqiy variant hisoblanadi, chunki u FIFA Kengashi vice-prezidenti sifatida ishlaydi va tashkilotning ichki faoliyati bilan yaxshi tanish.
Nomzodlardan ariza qabul qilishning oxirgi muddati — 2026 yil 18 noyabr. Davogar nomzodini faqat milliy futbol associaciyasi ilgari surishi mumkin. Bunda nomzod kamida beshta federaciyaning qo'llab-quvvatlashiga erishishi kerak. FIFA prezidenti saylovining o'zi 2027 yil 18 mart kuni Rabatda (Marokash) bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar