09 mar 08:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Inoue: "Ahmadaliev bilan jang qilishni intiqlik bilan kutyapman, sababi..."
Ikkinchi eng engil vazndagi mutlaq chempion, yaponiyalik prof boks ustasi Naoya Inoue WBA yo'nalishi bo'yicha majburiy davogar Murodjon Ahmadaliev bilan ehtimoliy jangga munosabat bildirdi.
Kecha The Ring nashri Inoue may oyidagi jangida g'alaba qozongan taqdirda, sentyabr oyida Tokioda Murodjon Ahmadaliev bilan bahs olib borishi haqida xabar tarqatgandi. Bokschining o'zi bunga reakciya bildirdi:
"Sentyabr oyida Ahmadalievga qarshi Yaponiyada jang qilishim kerak. Buni intiqlik bilan kutyapman. CHunki shunday kuchli raqiblarim bor ekan, o'shandagina men o'zimning eng yaxshi janglarimni ko'rsataman va o'zim ham borligini bilmagan kuchimni ko'rsatishga intilaman. O'ylaymanki, Ahmadaliev aynan shunday saviyadagi jangchi. Bu jangda istalgan daqiqada o'zimdan kutilmagan narsa ko'rsatishimni kutaman", dedi 31 yoshli charm-qo'lqop ustasi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar