17 fev 13:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Insayder Oq uydagi UFC turnirining asosiy jangi qaysi bo'lishini aytdi
Ispaniyalik jurnalist va insayder Alvaro Kolmenero UFC Oq uydagi turnirning markaziy jangi qanday bo'lishini aytdi.
Uning so'zlariga ko'ra, tashkilot o'sha turnir uchun 29 yoshli engil vazn chempioni Iliya Topuriya hamda vaqtinchalik chempion Jastin Getji o'rtasida jang tashkil qilishni rejalashtirmoqda.
Malumotlarga ko'ra, aynan shu to'qnashuv matchmeykerlar tomonidan 14 iyun kuni AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan o'tkazilishi kerak bo'lgan Oq uy turnirining asosiy jang sifatida belgilanmoqchi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar