So’nggi yangiliklar

19:15Фабио Каннаваро: "Футболчи 17–19 ёшда тайёр бўлса, МТЖга чақирилиши лозим. Нега уларни U-21, U-23 жамоаларида қолдиришимиз керак?" 0 18:52Флойд Мэйвезерда суд иши: Боксчи ўзини 340 миллион долларга алданган деб ҳисобламоқда 0 18:27Ҳамюртларимиз Осиё чемпионатида қитъа ва жаҳон рекордини янгилашди 0 18:02"Мен Махачев ёки Чимаев билан жангларда ўзимни ғолиб сифатида кўряпман" - Диаз 0 17:39"Манчестер Сити" раҳбарияти Гвардиола борасида жиддий хавотирда 0 17:17"Икки маст эркак уришгандек кўринди". Нурмагомедов Пимблетт ва Гэтжи жанги ҳақида гапирди 0 16:52Чендлер Топурия ва Гэтжи ўртасидаги эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 16:30Иман Хелиф тан олди 0 16:03Кантедан кейинги шов-шувли қадам: "Фенербахче" юлдуз форвардни нишонга олди 0 15:39Маҳмуд Мурадов Наврўз куни чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 15:18Чарльз Оливейра Макс Холлоуэй билан жангда ғалаба қозонишнинг асосий омилини айтди 0 14:56Милан-Кортина-2026: Бугун 3 та спорт турида саралаш баҳслари ўтказилади 0 14:21"Манчестер Сити"га кутилмаган рақобатчи: январда трансфер учун энг кўп харажат қилган клублар эълон қилинди 0 13:58Шакур Стивенсон Теофимо Лопесга қарши жангдан кейин WBC камаридан айрилди 0 13:24Касаллик Жон Жонснинг UFC`га қайтишига тўсқинлик қиладими? 0

05 avg 19:18
Yangiliklar

Taekvondo

"Inson mashg'ulot zallarida chempion bo'lmaydi". Nigora Tursunqulova bilan suhbat

Nigora Tursunqulova 1999 yil 4 aprelda Jizzax viloyatida tug'ilgan.

2010 yildan beri sportning taekvondo WT turi bilan shug'ullanib keladi. 2013 yil terma jamoa safiga qabul qilingan. "Xan-Gan"klubi tarbiyalanuvchisi. 2016 yil Rio olimpiadasi ishtirokchisi. Qita chempioni. Osiyo o'yinlari sovrindori. Gran-Pri turnirlari, 20 dan ortiq turli nufuzdagi xalqaro musobaqalar g'olib va sovrindori. Xalqaro toifadagi sport ustasi.


- Sport hayotingizda qanday ahamiyatga ega?

- Sport men uchun katta ahamiyatga ega va hayotimning bir qismi. CHunki maqsadim sari intilishda sport birinchi o'rinda turadi. SHunday bo'lishi uchun ham xarakat qilaman.


- Ilk mashg'ulotlar? Birinchi murabbiyingiz xaqida?

- Har bir inson qaysi yo'nalishda bo'lmasin ilk qadamini yodda saqlab qolsa kerak. Sportning taekvondo turini yoqtirib qolishimga va unga mexr qo'yishimga murabbiyim Dmitriy Xvan sababchi bo'lganlar. Ular to'garakka kelgan har bir bolaga o'zgacha munosabatda bo'ladi, qalbiga yo'l topa oladi. Mashg'ulotlar davridagi qiyinchiliklar, tushunmovchiliklar...xullas murabbiyim bilan xuddi do'stlardek gaplashamiz, sirlashamiz, muammolarimizni engishga, xayotdagi turli sinovlardan o'tishda kerakli maslahatlarini bera oladilar. Menda qanday vaziyat bo'lmasin musobaqada g'alabaga erishsam ham, yutkazib qo'ysam ham, ishlarim yurishmay qolsa ham ular qo'l siltab tashlab ketmaydilar aksincha xuddi o'z otamdek to'g'ri yo'lni ko'rsatishga xarakat qiladilar. Bunday murabbiyni ezozlamaslik menimcha xato bo'lsa kerak.




- Nechanchi yili terma jamoa safidan joy olgansiz?

- Mamlakat terma jamoasi safidan joy olish uchun sportchi Respublika chempioni bo'lishi kerak va men 2013 yili terma jamoa safiga qabul qilindim. Bu erda tabiyki ko'zga ko'ringan va tajribali sportchilar, uning o'ziga yarasha muxiti, tartib-qoidasi bor. Jamoada o'z o'rnimga ega bo'lishimda sportchilar, murabbiylar yaqindan yordam berishdi.


- Mag'lubiyatli onlarda o'zingizni qanday tutishga harakat qilasiz?

- Mag'lubiyat alamini totmagan sportchining o'zi bo'lmasa kerak, bunday vaziyatlarda albatta kayfiyatingiz tushib ketadi chunki har bir sportchi g'alaba qozonish uchun maydonga tushadi. Ammo mag'lubiyat bo'lajak g'alabadan darak deyishadi. Qaerdadir xatolikka yo'l qo'ygansizki imkoniyatni boy berasiz. Aynan manashu xatoni topib yana o'z ustimda mehnat qilish kerakligini anglayman va mashg'ulotlarga zo'r beraman. Nasib qilsa hammasi yaxshi bo'ladi deb o'zimni ishontiraman.


- Oilada kim sizga yaqin yordamchi va maslakdoshingiz?

- Oilada onam, dadam va ikki akam bor. Ular meni har doim eshita olishadi va menga dalda bo'lishadi, qo'llab-quvvatlashadi. Inson ruhiy tetiklikni oiladagi yaqinlaridan oladi. Menda ham shunday. Ular meni tayanchim, quvonchim va borlig'imdir.

- Taekvondo sizga nima berdi?

- Inson qalbida yaratgan egam bor ekan u har bir bandasini qo'llab-quvvatlaydi. Men bunga ishonaman. Taekvondo oraqali juda ko'p natijalarga erishdim. Sog'lom bo'lishga, sog'lom fikrlashga, o'z ustimda ishlashga, xayotda engilmaslikka va irodali bo'lishga, Ona Vatanim sharafini xalqaro maydonlarda munosib ximoya qilishga o'rgandim. Dunyo ko'rdim, bilim olyapman. Bizda barcha sharoitlar bor faqat undan to'g'ri foydalanib xarakat qilish kerakligini bildim. Muxlislar qalbidan joy oldim. Buning o'zi ham katta baxt.

O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi katta bir oila va bu oilaning azosi ekanligimdan faxrlanaman.


- Orzu-umidlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

- Orzu umidsiz inson bo'lmasa kerak. Rio olimpiadasida ishtirok etdim lekin afsus sovrindorlar qatoridan joy olish nasib etmadi. Xudo xoxlasa Tokio olimpiadasiga yo'llanma olib to'rt yillikning nufuzli musobaqasida shoxsupadan o'rin olishni niyat qilyapman. Nasib qilsa yaxshi bir xonadonning yaxshi kelini bo'lib, tinch-osuda xayot kechirsam, yaxshi farzandlarni tarbiya qilsam, ota-onam, yaqinlarim hamisha yonimda bo'lib sog'-salomat yurishsa.


- Afsonaviy bokschi Muhammad Ali: Odam mashg'ulot zallarida chempion bo'lmaydi. CHempion bo'lish uchun ishni ruhiyatdan boshlash kerak – istak, orzu va o'z g'alabasini aniq-tiniq his qilishgina kishini maqsadiga eltadi, degan edi. Sizchi siz bu fikrga qo'shilasizmi?

- Albatta qo'shilaman. Ular bosib o'tgan yo'l. CHempionlik davri bularning barchasi xayot tajribasi emasmi? Bu so'zlarga yana biron iborani qo'shishni o'zi noo'rin.

- Hayot xaqiqati nimada? Hech o'ylab ko'rganmisiz?

- Hayot - inson uchun berilgan sinov deb bilaman. Har bir inson bu imtihondan-sinovdan o'tadi va har kim qilmishiga yarasha yo mukofoti yoki jazosini oladi. Qaysi yo'lni tanlash o'z qo'limizda...


- Bugungi vaziyat ruhiyatingizga qanday tasir qilmoqda?

- Og'ir vaziyat. Kimdir shunday bo'ladi desa ishonmasdik. Lekin ko'zimiz bilan ko'rib turibmiz. Kayfiyatimga yomon tasir qilgan tomoni- juda ko'p insonlar kasal bo'lib olamdan o'tishyapti va ularning yaqinlari imkoniyatsiz qolmoqda. Bu ahvolni ko'ra-bila turib yordam bera olmaslik albatta achinarli xolat. Xudo xoxlasa bu sinovlar ham ortda qoladi. Hammaga sog'lik va salomatlik tilayman. O'zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling! demoqchiman.


O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing