14 mar 16:07
Yangiliklar
Dzyudo
"Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"ga bag'ishlangan musobaqa
Qarshi shahrida 2007-2008 yillarda tavallud topgan dzyudochilar o'rtasida musobaqa tashkil etildi.
Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji ochiq birinchiligida mezbonlardan tashqari Buxoro, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahridan 150 nafarga yaqin dzyudochilar tatamiga chiqdi.
Ushbu turnir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'riisida"gi qarori ijrosini taminlash maqsadida o'tkazildi.
Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji zali mezbonlik qilgan bellashuvlar -35, -38, -42, -46, -50, -55, -60, -66, -73 va +73 kg vazn toifalarida bo'lib o'tdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar