So’nggi yangiliklar

14:57Боксчиларимиз тўлиқ таркибда Жаҳон кубогида иштирок этади 0 14:33Мана буни омад деса бўлади! Саралашда ютқазган Раҳимова "лаки лузер" сифатида тўғридан-тўғри Лондондаги WTA турнирининг 1/8 финалига йўл олди 0 14:08"Унга UFC турнирига келиш тақиқланмаган" - Дана Уайт чемпион ҳақида гапирди 0 13:43Криштиану Роналду ЖЧ-2026 бошланишидан олдин фикр билдирди 0 13:09Волкановски: "Мен энг кучлиси билан жанг қилмоқчиман. У - Евлоев" 0 12:41Дана Уайт: "У оғир вазн чемпиони бўлса, барча даврларнинг энг буюк жангчисига айланади" 0 12:17UzChess Cup III. Шов-шув кўтарган Мадаминовда кетма-кет иккинчи мағлубият, Воҳидов пешқадам! 0 11:53Ўртоқлик ўйини. ЖЧ-2026`даги рақибимиз Нигерияни мағлуб этди 0 11:27Ўсмирларимиз Almaty Cadet Asian Cup 2026 турнирида 26 та медаль билан биринчи бўлишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:59Нурсултон Рўзибоев: "Қирғизистон ва Тожикистон ММА жангчиларининг даражаси бизникилардан баландроқ" 0 10:34Вьетнам уруши фахрийлари Оқ уйдаги UFC турнирини бекор қилишга уринмоқда 0 10:06Жаҳон чемпионатида ҳакамлар қанча маош олади? 0 09:37Пара дзюдо бўйича Ўзбекистон кубогига старт берилди 0 08:50Учта вазнда собиқ жаҳон чемпиони бўлган боксчи Муроджон Аҳмадалиевга жанг таклиф қилди 0 08:24Маҳмуд Мурадов иккитагина жанг орқали миллион доллар ишлаб олиш имкониятини қўлга киритди 0

14 iyu 09:43
Yangiliklar

Dzyudo

Internet "nol"ligi sabab uyning tomidan kuzatilgan mahorat saboqlari + FOTO

Teglar :  DzyudoIJFMOQ
Malumki, Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF)ning “Maktablarda dzyudo” dasturi tashkilotga azo barcha mamlakatlarda amaliyotga tadbiq etib kelinyapti.

Jumladan, O'zbekistonda ham ushbu dastur amalda. Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridagi avvaldan tanlab olingan umumtalim maktablarda dzyudo to'garaklari faoliyat yuritmoqda. Ushbu maktablarda 5-12 yoshli bolalar dzyudo orqali ijtimoiy, talimiy va jismoniy ko'nikmalarni o'rganishyapti.

O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan Zoom platformasi orqali aynan ushbu maktablarda dzyudo sir-asrorlarini o'rganayotgan bolalarning murabbiylari uchun mahorat saboqlari tashkil etildi. Uni yaponiyalik taniqli mutaxassis, terma jamoa murabbiylar shtabi azosi Tomoo Torii olib bordi. 

Onlayn tarzda o'tkazilgan mahorat saboqlarini O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov, O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi raisi SHerzod Tashmatov kuzatib borishdi.   

"O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati murabbiylar tanlovi bo'yicha juda to'g'ri qarorga kelgan. Ilias Iliadis olimpiada chempioni, bugungi mashg'ulotni o'tkazayotgan Torii parter ustalarilan hisoblanadi. Ularning say-harakatlari o'z mehnatini berishiga ishonaman. Faqat murabbiylarimizga taklifim - kattalar terma jamoasida qanday uslubda mashg'ulot jarayoni olib borilayotgan bo'lsa, buni kadetlar, yoshlar va bugun biz ko'rayotgan maktablardagi to'garaklarga ham joriy qilish kerak. SHunda yosh dzyudochilar vertikal tarzda kattalar terma jamoasiga tayyor bo'lib borishadi. Keyin bu kabi onlayn-mashg'ulotlarni viloyatlardagi murabbiy va sportchilar bilan ham ko'proq o'tkazish kerak. Kelasi mashg'ulotga maktablarda shug'ullanayotgan dzyudochilarning o'zlarini ham jalb qilinglar. Mana bugun men murabbiylarni ko'rayapman, aksariyati tajribali mutaxassislar. Sizlarga ishonchimiz ham, umidimiz ham katta. Terma jamoamizning ertangi kuni aynan sizlarga bog'liq. SHu sababdan ham masuliyatni his etib, onlayn-mashg'ulotdan olgan yangiliklarni o'z mashg'ulotlaringizga tadbiq etib boringlar", - dedi R.SHoabdurahmonov.

Onlayn mahorat saboqlarini olib borgan yaponiyalik mutaxassis bir nechta usullarni amaliy tarzda ko'rsatib berdi. Reja bo'yicha onlayn-mashg'ulot uch kun davomida o'tkaziladi. Ertangi mashg'ulotda bevosita maktablarning dzyudo tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etadi. 

SHu o'rinda Tomoo Torii ishtirokidagi mahorat saboqlariga murabbiylar tomonidan katta qiziqish bildirilganini aytish joiz. Navoiy viloyati Qiziriq tumani murabbiyi Mirshod Jamolov internet aloqasining deyarli yo'qligi sabab, hatto o'z uyining tomiga chiqib onlayn-mashg'ulotni kuzatib bordi. Internet ishlamayapti deb bahona qilib qo'yishi ham mumkin edi. Murabbiyni hech kim buning uchun urishmasdi. Albatta, bu ham murabbiylarimizning o'z kasbiga fidoiyligidan darak berib turibdi. 

Onlayn-mashg'ulot so'nggida MOQ prezidenti aynan shu holatga ham alohida urg'u qaratib, murabbiyga tashakkur izhor qildi va internet masalasida amaliy yordam ko'rsatilishini aytib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing