26 okt 23:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Intervyu. Bahodir Jalolovning O'zbekiston chempionati finaliga chiqqan ukasi chempionlikni maqsad qilgan
-75 kg vazn toifasida final yo'llanmasini qo'lga kiritgan ROZK tarbiyalanuvchisi Samandar Jalolov yarim finaldan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
-Guvohi bo'lganingizdek, jang juda qiyin o'tdi. Raqibim ancha kuchli edi. Akam ham shu erda jangimni kuzatib o'tirgani uchun biroz hayajonlandim. Allohga shukur yuzim yorug' bo'lib, finalga yo'l oldim. Xudo xohlasa finalda ham murabbiylarim, meni qo'llab-quvvatlagan insonlarni ishonchini oqlashga harakat qilaman. SHu darajaga etib kelishimda murabbiylarim Akmal Hasanov, Ruslan Telimbaevning xizmatlari katta. Ularga minnatdorchilik bildiraman. Akam bilan ham tez-tez mashg'ulotlar o'tkazib turamiz. Kelajakda Bahodir akamga o'xshab O'zbekiston, Osiyo va jahon chempioni bo'lishni maqsad qilganman.
Xurshida Abdikulova, Sarvinoz Raxmonqulova
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar