So’nggi yangiliklar

15:50Мейвезер - Замбидис жанги барбод бўлиш хавфи остида қолди 0 15:19Махачевдан умид қилган Пратес кейинги жанг учун шартнома олди 0 14:48Монтелла Туркиянинг ЖЧ-2026`дан чиқиб кетгани ҳақида: "Мамлакатнинг умидлари катта эди – афсусдаман" 0 14:22Руслан Чагаев Ўзбекистон терма жамоасининг ЖЧ-2026`даги дебютига муносабат билдирди 0 13:53Спорт миллатни улуғлайди. Олимпия умидлари орамизда 0 13:20Турки Ал аш-Шайх "бокс инқилоби"ни режалаштирмоқда 0 12:46Португалияга қарши ўйинга тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон терма жамоасининг машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:08Жаҳон кубогининг 1/2 финалига энг кўп иштирокчи Ўзбекистондан етиб келди! 0 11:34Асосий тўқнашуви Темировнинг вазнидаги даъвогарлик жанги бўлган UFC турнири иштирокчилари тарозига чиқди 0 10:5135 ёшли Забит Магомедшарипов 21 яшар Рауль Росасга қарши жанг қилади 0 10:13ЖЧ-2026`ни тарк этган илк терма жамоа номи маълум бўлди 0 09:47Баҳодир Жалолов билан жанг қилиши айтилган Мозес Итауманинг рақиби ва жанг санаси тасдиқланди 0 09:19Мадримовнинг вазнида катта жанглар эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:43Бугун Жаҳон кубогида 11 нафар боксчимиз рингга кўтарилади 0 08:06ЖЧ-2026. Марокаш ғалабага эришди, Танташев мундиалда дебют қилди 0

22 iyu 15:45
Yangiliklar

Boks/MMA

Intervyu. SHohjahon Ergashev: "CHingizxon"dan yaxshi xulosalar oldim"

Teglar :  BoksErgashev
Professonal bokschilarimiz orasida juda ham tez tilga tushgan SHohjahon Ergashev avgust oyida o'zining oltinchi jangini Finlandiyada o'tkazishi rejalashtirilgan.


Hozirga qadar beshta jangning barchasida muddatidan avval zafar kuchgan farg'onalik sportchimiz CHelyabinsk viloyatining Ural shahrida yig'inni davom ettirmoqda. Salkam bir oy davom etishi kutilayotgan mashg'ulotlarda hamyurtimiz rossiyalik taniqli professonal bokschilar,yarim og'ir vazn ( 79,4 kg)da WBA super, IBF hamda WBO chempioni Sergey Kovolyov (31=30-26 ko-0-1) hamda birinchi yarim o'rta vazn (63,5 kg)da ikki bor chempionlik kamariga davogarlik kilgan, hozirda IBF yo'nalishi bo'yicha qitalar aro chempion Denis SHafikov (40=37-20 ko- 2-1) bilan birga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ropqon boks maktabining professonal yo'nalishdagi birinchi vakili olamsport.com sayti uchun telefon orqali intervyu berdi.

-Reja o'zgargani yo'q,hamon latviyalik Ivans Leviskisga qarshi jangga tayyorlanyapman,-deya muloqotga kirishdi SHohjahon Ergashev.-Raqibimning barcha 45 ta janggini ko'rishnining imkoni bo'lmagan bo'lsada, so'nggi eng muhimlarini ko'rib o'shanga qarshi taktikalarni tayyorlayapmiz. Hozirda ko'proq jismoniy jixatga etibor qaratganmiz. Kunning birinchi yarmida 20-30 km kross yuguramiz. Kunning ikkinchi yarmida asosan sparing qilyapmiz. Janglar 8-10 raunddan bo'lmoqda. SHaroitlar alo darajada.

-Ko'proq 10 km atrofida yugurilar edi. Yuklama ko'payib ketmayaptimi?

- O'rmonni ichida kross qilyapmiz.Toza havo umuman charchamaysiz.Aksincha rohatlanib chopasiz. Uzoqligi ham sezilmayapti. Murabbiylar bo'lajak janglardan kelib chiqib, shunday yo'l tutmoqda. Buni to'g'riligini “para”da turganda sezyapman.


- Zalda siz bilan sparring qiluvchilar ko'pmi?

- Bu tomondan hech qanday muammo yo'q. Asosan mahalliy sportchilar bilan ishlayapman. Ochig'i ular men bilan ishlaganda borini berib harakat qilayapti. Bundan aslo xafa emasman, aksincha xursandman. Aslida ring yashash uchun kurashning eng zo'r ko'rinishi. Toshkentdagi respublika olimpiya zaxiralari kollejidagi ustozlarimdan biri Mansur aka Mahmudov:”Haqiqiy jang aslida mashg'ulotda bo'lardi”derdilar. SHuni yana bir karra anglab, o'ziga xos Las-vegasda sportchi sifatida “o'syapman” deya olaman.



- SHafikov vazndoshingiz balki, u bilan ham kuch sinashgandirsiz?

- Ha, Denis bilan 20 iyul kuni sakkiz raund ishladim. Bu menga juda katta xulosa berdi.

- SHafikov Amerika ringlarida chempionlik kamarlariga davogarlik qilgan. O'z vaqtida hamyurtimiz Alisher Rahimovdan ham ustun kelgan edi...

- To'g'ri juda ham nomdor. Ochig'i sinov janggimiz haqiqiy bellashuvga aylanib ketdi, desam xato bo'lmas. “CHingizxon” ( Denisning professonal boksdagi laqabi) ham asli CHelyabinskdan bo'lgani uchunmi zalga yig'ilgan muxlislari ko'zi oldida boshidanoq qattiq ishlashga kirishib ketdi. Ikki raund menda sal rakibimning nomidan kelib chiqibmi hayajonga o'xshash xolat bo'lgandi. Keyin barchasini unutib, maza qilib jang qildim. U ham chapaqay bo'lgani uchun sparing yanada shiddatli ko'rinishga ega bo'ldi. Bu sinov janggi o'zimga ishonchni berdi. Nokamtarinlik bo'lmasini agar hozir SHafikov bilan jang tashkil qilib bersa tayyorman unga qarshi chiqishga.

- Uralda kimsizga ustozlik qilayapti?

-Kovolyovning ustozi, Sergey Vladimirovich Novikov menga ham bu erda murabbiylik qilmoqda.

-Moskvadagi murabbiyingizchi?

-Sayfullo Temurovich Po'latov Sergey Vladimirovich bilan yaqin ekan. Hamkasbiga ishongani uchun ham meni u bilan ishlashga yubordi.



-Sayfullo Temirovich Po'latov...asli O'zbekistonlikmasmi?!

- Ha, asli Buxoroda tug'ilib o'sgan. O'z vaqtida ko'p karra O'zbekiston chempioni, CHexoslavakiyada o'tgan harbiylar o'rtasidagi chempionat va ko'plab turnirlar g'olibligini ko'lga kiritgan kuchli bokschi bo'lgan. O'zbekistondagi juda ko'p mutaxassislarni yaqin tanishi va ularga xurmati juda ham baland. Taqdir toqazosi bilan hozir Rossiyada yashayapti. Asosiy ishi biznes. O'z vaqtida bokschi bo'lgani uchun “Gran plyus” nomli xususiy zal ham ochgan. Havaskor boksda shogirdlari bor. Lekin professonal boksdagi birinchi shogirdi menman. SHaxsan o'zi vaqt topib menga “lapa” ham ushlaydi. O'zi ham men kabi chapaqay bo'lgani uchunmi bir-birimizni mashg'ulotda tez tushunamiz. Inson sifatida ham juda zo'r odam.

-Ustozlardan omadingiz kelgan ekanda?

-(kulib) Men ham shuni o'ylab yaratganga shukur qilaman. Ropqonda Rustam akam yoshigimdan to'g'ri yo'l ko'rsatib, katta hayotga olib kirdilar. Hali ham deyarli har kuni suhbatlashib turamiz. Maslaxat , kuch, g'ayrat olaman. Yurtimizdagi o'ziga xos o'zgarishlarni eshitaman. Bu erda Sayfullo Temirovich meni o'z farzandidek ko'radi. Menimcha bu ham mendek bir musofir yigitga yaratganning mehribonchiligi bo'lsa kerak. SHunday ekan bundan unumli foydalanib, O'zbekistonimizga chempionlik kamarini olib borishim kerak.

- Biz sizga ishonamiz. SHohjahon suhbatimiz so'nggida men ham sizga bir yangilikni etkazib qo'yay. Havaskor bokschilarimiz Rio olimpiyadasiga kecha ( Suhbat 21 iyul kuni bo'lgan) ketishdi. San paulu shahridagi 15 kunlik yigindan so'ng musobaqaga kirishadi.

- Albatta, iqlimga moslashish muhim. Eshitishimcha hammasi reja asosida ketyapti ekan. Terma jamoa juda ham o'sgan deyishadi. Ular bu safar albatta, oltin medalga ega bo'lishadi. Men bunga ishonaman.

-Omad sizga yor bo'lsin, Rahmat!



Ulug'bek Hakimjonov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

   
23 iyu 06:51:10
Marco 11
Klass Rossiya boks klubida Uzb bayrogida
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing