15 dek 15:48
Yangiliklar

Iqboljon Xoldarov: Endi faqat g'alaba qozonish qoldi, xolos
Istedodli bokschimiz Iqboljon Xoldarov (1-0, 1 KO) 17 dekabr oqshomida ringga ko'tarilishidan xabaringiz bor. 6 raundga mo'ljallangan jangda Iqboljonga o'zbek boks muxlislariga yaxshigina tanish bo'lgan beloruslik Dmitriy Miliusha (9-5-1, 4KO) raqiblik qiladi. Xoldarov jangga tayyorgarlik hamda raqibi haqida gapirdi.
«Jangga alo darajada tayyorgarlik ko'rdik, deb o'ylayman. Raqibim prof boksda mendan ko'ra anchayin tajribali. Biz albatta bu jihatni inobatga olgan holda jangga hozirlandik. Hamma narsa tayyor. In SHaa Alloh, endi faqat g'alaba qozonish qoldi, xolos», - dedi Iqboljon.
Iqboljon Xoldarov mashg'ulotlarning katta qismini Andijon viloyatida o'tkazdi. Bir necha kun avval Toshkentga etib keldi.
Eslatib o'tamiz, Dmitriy Miliusha boshqa bir prof bokschimiz – SHohjahon Ergashev bilan to'qnash kelgan va mag'lubiyatga uchragan.
Fikrlar