08 apr 10:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Iqboljon Xoldarov: Isroil Madrimov bilan sparringlarda birga ishladik
Iqboljon Xoldarov Murodjon Ahmadaliev va Isroil Madrimovning tayyorgarligi haqida gapirdi.
AQSHda KAKA va Madrimov bilan birga mashg'ulotlar olib borgan Iqboljon Xoldarov bokschilarning tayyorgaligi xususida fikr bildirdi.
«Men sal kam bir oy vaqt davomida Murodjon va Isroil akalar bilan birga mashg'ulotlarni olib bordim va ularni jangga qay darajada tayyorligini ko'rdim. Isroil Madrimov bilan sparringlarda birg ishladik. O'ylaymanki, hammasi ko'ngildagidek bo'ladi. Ularni nimalarga qodirligini ko'pchilik yaxshi biladi. Ortiqcha takrorlashni keragi yo'q, nazarimda. Asosiysi kayfiyatlari zo'r, tayyorgarlik zo'r, endi faqat chiroyli g'alaba qozonish qoldi. In SHaa Alloh, eng chiroyli g'alabalar bizni yigitlarniki bo'ladi», - dedi Xoldarov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar