30 okt 13:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Irji Proxazka o'rta vaznga o'tish niyatida
CHexiyalik UFC jangchisi Irji Proxazka faoliyatini o'rta vazn toifasida davom ettirmoqchi.
"Men jamoamga chempionlikni qo'lga kiritgach, o'rta vaznga o'tishimni aytgandim. Lekin o'rta vaznga faqat chempionlik jangi berilsagina o'tishim mumkin. Ammo hozir butunlay, 100 foiz etiborimni o'z divizionimdagi titulga qaratganman", - deya Proxazkaning so'zlarini keltiradi Bloody Elbow nashri.
Eslatib o'tamiz, hozirda Proxazka yarim og'ir vazn toifasidagi davogarlar reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. Yarim og'ir vaznda UFC chempioni braziliyalik 38 yoshli Aleks Pereyra bo'lib, u Proxazkani ikki marta nokautga uchratgan.
Eslatib o'tamiz, oktyabr oyida UFC 320 turirida bo'lib o'tgan so'nggi jangida Irji amerikalik Xalil Rauntrini texnik nokautga uchratgandi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar