21 dek 07:43
Yangiliklar
Irji Proxazka qachon oktagonga qaytishini elon qildi
"Ankalaev - Blaxovich jangi qanday o'tgani va keyin nima bo'lishi muhim emas. Men bor etiborimni elkamni davolab, navbatdagi jang oldidan optimal sport formaga qaytishga qaratganman.
Ishonamanki, bu ko'p vaqt talab qilmaydi. Ko'pchilik shifokorlar bu haqda aytishdi, lekin o'z tanamni yaxshi bilaman. Operaciyadan keyin qanday qilib tiklanishni bilaman, shuning uchun men xotirjamman.
Menga olti oy kerak. Ko'pchilik aytadiki, bunday jarohatni davolash uchun 8-9 oy vaqt kerak bo'ladi. Ammo yuqorida aytganimdek, men o'z tanamni yaxshi bilaman. Ishonchim komilki, 3-4 oy ichida elkamni davolay olaman va to'liq kuch bilan mashg'ulotlarni boshlayman", - dedi Proxazka.
Avvalroq, Irji Proxazka elkasi singan holatini ko'rsatgan edi.
Fikrlar