21 fev 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Irji Proxazka qachon oktagonga qaytishini malum qildi
Yarimog'ir vaznda sobiq UFC chempioni Irji Proxazka elkasidagi jarrohlik sabab chempionlik kamarini qo'ldan boy berganidan afsusda emas.
Irji yoz oxirigacha divizion peshqadamligini qaytarib olishni rejalashtirmoqda.
"Men buning ustida ishlayapman. Ayni paytda asosiy maqsad elkamni to'liq tiklash, uning barcha mushaklarini faollashtirish. Men yoz fasli yoki uning oxirida qaytishni xohlayman. Buning ahamiyati yo'q. Ko'ramiz, ertami kech jang qilaman. O'ylaymanki, bu yozda to'liq tiklanaman va yana chempionlik kamarini ko'lga qiritaman.
Men hech narsadan afsuslanmayman. Bularing barchasi bo'lishi kerak ekan, hatto jarohat ham. Hamma narsaning o'z sababi bor, shuning uchun xotirjamman. To'liq tiklansam, yana chempion bo'laman. Aniqrog'i, hali ham chempionman va keyingi jangni sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi Irji.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar