10 fev 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/322253_220.jpg)
Irlandiyalik bokschi chempionlik jangida mag'lub bo'lganidan bir hafta o'tib vafot etdi
Irlandiyalik bokschi Jon Kuni vafot etdi.
Jon Kuni uelslik Neytan Xauellsga qarshi jangda o'zining Celtic chempionlik kamarini himoya qila olmadi va shundan so'ng reanimaciya, yani jonlantirish bo'limiga yotqizildi. U intrakranial qon ketishi tufayli operaciya qilingan va bir hafta o'tgach vafot etgan.
U 28 yoshda edi. Kuni 2023 yil noyabr oyida 59 kg vazndagi Seltic kamarini qo'lga kiritgan edi. Natan Xauells bilan jang to'qqizinchi raundda to'xtatilgandi.
Kamarni qo'lga kiritgach, Kuni qo'lidan olgan jarohati tufayli bir yil boks bilan shug'ullanmadi, ammo 2024 yil oktyabr oyida tanzaniyalik Tampela Maxarusini mag'lub etib, ringga qaytgandi. Umumiy hisobda Kuni 11 g'alaba qayd etgandi va bitta jangda mag'lubiyatga uchragan edi.
Havola :
Manba : sportrbc.ru
Fikrlar